Bu haqida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Hakamlar qoʻmitasi maʼlum qildi. Tashkilot bu borada Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasiga rasmiy maktub yoʻlladi va tegishli sertifikatni taqdim etdi.

Ramziddin Saidov qisqa fursatda Jahon va Osiyo chempionati, “Masters”, “Katta Dubulgʻa”, Gran-Pri hamda IJF bayrogʻi ostida oʻtkaziladigan boshqa barcha musobaqalarda hakamlik qilib, xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baho oldi.

Maʼlumot uchun:

Ramziddin Saidov - 1982-yil 14-aprelda Buxoroda dunyoga kelgan. Dzyudo sir-asrorlarini Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam Toʻrayevdan oʻrgangan.

Saidov sportchilik faoliyati davomida Afina-2004 va London-2012 Olimpiadalari ishtirokchisi, Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari sovrindori boʻlgan. 2013-yilda -100 kg vazn toifasi reytingida 1-oʻringa koʻtarilgan. 2010-yilda Abu-Dabi Gran-Pri, Toshkentda oʻtgan Jahon kubogi, 2012-yilda Moskva “Katta Dubulgʻa” turnirlarida shoxsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilgan.