“Range Rover” rusumli avtomashinaga oʻq uzganlar qidirilmoqda

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Shu yilning 26-oktyabr kuni soat 01:40 larda fuqaro S.S.ning boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashina Qibray tumani, Ifor koʻchasi boʻylab harakatlangan vaqtida 2 nafar nomaʼlum shaxslar mazkur avtomashinaga oʻqotar qurolidan bir necha marotaba oʻq uzgan.

    Shundan soʻng ular nomaʼlum tomonga yashirinishgan.

    Bosh prokuratura mazkur vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

    Taʼkidlanishicha, ushbu holatda biror-bir shaxs tan jarohati olmagan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Gumon qilinuvchi shaxslarni aniqlash va ushlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

    Hozirda tegishli idoralarning malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.