Festival tashkilotchisi Koreya va Markaziy Osiyo hamkorlik forumi KF kotibiyati hisoblanadi. Festivalda Navroʻz haqidagi qisqa metrajli hujjatli filmlarga bagʻishlangan tadbirlar, Markaziy Osiyo kinohaftaligi, K-pop tanlovi va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

“Rangsiz tushlar” filmida qamoqdan soʻng ozodlikka chiqqan ayol Kashmiraning jamiyatga moslashishida duch kelgan qiyinchiliklari haqida hikoya qilinadi. Ssenariy muallifi Umid Hamdamov, operator Azizbek Arziqulov, rassom Shamshod Ibragimov, kompozitor Ubaydullo Karimov.

“Rangsiz tushlar” filmi Anapadagi “Kinoshok”, Qozonning musulmon kinolari festivali, shuningdek, Armanistondagi “Freska” va Italiyaning “Lukaniya” va “Asiatica Film Festival XXI”, Indoneziyaning XV Jogja-NETPAC Asian Film Festival ( JAFF ) festivallarida ham ishtirok etgan.