- Inson huquqlari va erkinliklariga bagʻishlangan eng yaxshi sayt/axborot kontenti;
- Inson huquqlari va erkinliklariga oid eng yaxshi mobil ilovasi;
- Inson huquqlari boʻyicha eng yaxshi oʻquv kursi (maktabgacha taʼlim; maktablar, kollej va litseylar, oliy taʼlim muassasalari, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichlari uchun alohida nominatsiyalarda);
- Inson huquqlari va erkinliklariga bagʻishlangan eng yaxshi infografika/reklama roliklari;
- Inson huquqlari va erkinliklariga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;
- Inson huquqlari boʻyicha eng yaxshi elektron axborot-resurs markazi/kutubxona;
- Inson huquqlari va erkinliklariga bagʻishlangan eng yaxshi oʻquv adabiyotlari: bosma oʻquv adabiyoti va elektron oʻquv adabiyoti;
- Inson huquqlariga bagʻishlangan eng yaxshi videodars;
- Inson huquqlari boʻyicha eng yaxshi masofadan oʻqitish dasturi;
- Inson huquqlari boʻyicha eng yaxshi maqola: ilmiy maqola yoki ilmiy-ommabop maqola.
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat tashkilotlari xodimlarining COVID-19 inqirozidan zarar koʻrgan muhojirlarga yordam berish boʻyicha eng faoli;
- Nodavlat tashkilotlari xodimlarining COVID-19 inqirozidan zarar koʻrgan muhojirlarga yordam berish boʻyicha eng faoli.
Ushbu tanlovning maqsadi inson huquqlari sohasidagi taʼlim va tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek mamlakat aholisi oʻrtasida inson huquqlari madaniyatini rivojlantirishdir.
Ishtirok etish uchun elektron arizani toʻldirishingiz va tanlovga tavsiya etiladigan materiallar bilan birga 2020-yil 15-noyabrgacha konkurs2020@nhrc.uz elektron manziliga joʻnatishingiz lozim.
Gʻoliblar Xalqaro inson huquqlari kunida eʼlon qilinadi va qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanadi.
Tanlovga doir batafsil maʼlumotlar bilan tanishish uchun Markaz saytiga kiring: http://insonhuquqlari.uz yokihttp://pravacheloveka.uz/uz
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati.