Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” gi 737-sonli Qaroriga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlari (pivo mahsulotlaridan tashqari) va tamaki mahsulotlariga hamda 2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlariga identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilindi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 833-sonli qaroriga muvofiq, mahsulotlarni identifikatsiya vositalari bilan raqamli markirovkalash va ushbu mahsulotlarni aylanmasini kuzatib borish qoidalari tasdiqlangan.
Yuqorida keltirilgan koʻrsatma va topshiriqlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlarga qulayliklar yaratish maqsadida muntazam amaliy seminarlar tashkil etilib qilinmoqda. Amaliy seminarlarda respublikamizda mavjud markirovkalash uskunalarini oʻrnatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar tomonidan alkogol va pivo mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda oʻrnatilgan markirovka qurilmalarida yuzaga kelayotgan muammolar va qiyinchiliklarni bartaraf etishda maxsus ishlab chiqilgan dasturiy taʼminot va ulardan foydalanish boʻyicha aniq taklif va fikrlar bildirilmoqda hamda amaliy koʻmak berilmoqda.