Bu haqda jamiyati “Oʻzsuvtaʼminot” axborot xizmati maʼlum qildi.
Mazkur strategiya doirasida 2020-yil transport, qurilish, uy-joy kommunal xoʻjaligi va boshqa sohalarni raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalarni amalga oshirish yuzasidan Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasini raqamlashtirish boʻyicha ham vazifalar belgilandi.
Barchamizga maʼlumki, suv taʼminoti tizimini raqamlashtirish katta eʼtibor talab qiladi. Bu borada innovatsion yondashuv ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tizimini yangilash va yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish ishlari allaqachon boshlab yuborildi.
Jumladan, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda sohaga yangi “billing” tizimini tatbiq etish rejalashtirildi.
Billing tizimini amalga oshirishdan koʻzlangan asosiy maqsad: suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasida yagona axborot hisobi tizimini yaratish, isteʼmolchilarning shaffof va maqsadli hisobini taʼminlash, debitorlik va hisob fakturalarini hisobga olishni maqsad qilib qoʻyish, qarzdorlik shakllanishining oldini olishdir.
Bundan tashqari:
- suv isteʼmoli hisob-kitoblarining shaffofligini taʼminlash;
- aholi va suv taʼminoti inspektorlari uchun mobil ilova (shaxsiy kabinet, ichimlik suvi uchun toʻlov, murojaatlarni tizim orqali yuborish);
- hisobotlarni kerakli koʻrinishda olish imkoniyati;
- shaxsiy kabinetga kirish boʻyicha muammolarni bartaraf etish;
- abonentlarga xizmat koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash va boshqaruv xarajatlarini kamaytirish.
- Yangi “billing” tizimi doirasida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida qoʻshimcha funksiyalar ishlab chiqildi.
Yangi billing tizimining nima afzalliklari bor?
Misol uchun, aholi, yuridik shaxs va inspektorlar uchun mobil ilova ishlab chiqildi. Ushbu ilova orqali abonentlar oʻzlarining joriy balansini bilib turishlari va ichimlik suvi hamda kanalizatsiya xizmatlari uchun toʻlovlarni elektron shaklda amalga oshirishlari mumkin. Bundan tashqari, my.gov.uz dasturlari orqali kelib tushayotgan murojaatlarni maqbullashtirish imkoniyati ham mavjud.
Yangi billing tizimining texnik topshiriqlarini ishlab chiqish jarayonida rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda, “Oʻzsuvtaʼminot” AJning uzsuv_chat rasmiy guruhida suv taʼminotidagi muammolarni aniqlash va hal qilish borasida aholi fikri ham oʻrganilib, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazildi.
Eslatib oʻtamiz, Respublika boʻyicha yangi billing tizimining toʻliq ishga tushirilishi 2021-yil 1-sentyabrdan yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.