Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi tomonidan Hindistonning Mehnat va bandlik vazirligi, hamda Hindistonning Kanadadagi elchisi ishtirokida joriy yilning 8-sentyabrida raqamli tibbiyotni rivojlantirishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy videokonferensiya oʻtkazildi.

 

Pandemiya shartlari barcha sohalarning raqamli imkoniyatlarini rivojlantirish masalasini har qachongidan qatʼiy qoʻydi. Tibbiyot ular orasida muhim oʻrin tutadi. Chunki uning raqamlashtirilishi — nafaqat eng yaxshi mutaxassislar bilan videoaloqadan tashkil topgan, u shuningdek, onlayn shaklda soha mutaxassislarining malakasini oshirish yoʻli bilan aynan mana shu professionalizmga yoʻl hamdir.

Shundan kelib chiqib, oʻzbek-hind videokonferensiyasining muhim qismi bemorlar bilan onlayn-simulyatsiya munosabatlari oʻrnatish uchun innovatsiya platforma — “CyberPatient” imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat boʻldi.

Milliy palata tomonidan “CyberPatient”ning “Royal College Of Physicians And Surgeons Of Canada” ning hududiy direktori, professor Karim Qayum (Karim Qayumi) rahbarligidagi kanadalik ishlab chiqaruvchilar komandasi bilan yaqin hamkorlik oʻrnatilgan.

Onlayn forum ishtirokchilariga qaratilgan tabrik nutqida Milliy palata raisi RovshanIzamov shu yil aprel oyining oʻrtalarida Oʻzbekistonning tibbiyot jamoatchiligiga kanadalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan bemalol kirish uchun “CyberPatient” onlayn simulyatori http://www.cyberpatient.ca/. havola orqali ochilgani haqida Milliy palata tomonidan maʼlum qilinganligini taʼkidladi.

Undan tashqari Oʻzbekistonning har bir viloyatidagi Milliy palata boʻlinmalari “CyberPatient” va boshqa raqamli platforma imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida sogʻliqni saqlash tizimi mutaxassislari, hamda boʻlajak shifokorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazib turadi.

“Ushbu onlayn-uskuna talabalarga muayyan kasallik boʻyicha toʻliq maʼlumot olishga yoʻl ochib beradi. Bu model oʻquvchiga bemorni qabul qilib olingandan to sogʻayib chiqib ketguniga qadar kuzatish imkonini berib, tibbiy taʼlimdagi boʻshliqni toʻldiradi. Endi talabalar oʻqishning dastlabki bosqichlarida oʻzlari duch kelgan holatlarga qaytishlari mumkin, yaʼni ushbu muayyan kasallikni tashxis qoʻyish va davolashning bir muncha murakkab jihatlarini oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar. “Cyber Patient” shifokor va bemorning oʻzaro aloqasini aniqroq modellashtirish maqsadida ishlab chiqilgan”, — taʼkidladi Hindiston mehnat va bandlik vaziri Shri Santosh Gangvar (Shri Santosh Gangwar).

Shuningdek, forumda Hindistonning Kanadadagi Favqulodda va muxtor elchisi Adjay Bisaria (Ajay Bisaria), Universitetning tibbiyot fanlari kolleji (University College of Medical Sciences) direktori doktor Sunil Gomber (Dr. Sunil Gomber), Hindiston tibbiyot akupunktura jamiyati (Indian Society of Medical Accupuncture) prezidenti doktor Raman Kapur (Dr. Raman Kapur), Pushpavati Singxaniya Tarlochan nomli Shifoxona va tadqiqot instituti (PSRI Heart Institute) raisi Singx Kler (Tarlochan Singh Kler) va boshqalar Oʻzbekiston va Hindiston hamkorligi, jumladan, tajriba almashish va raqamli tibbiyotni rivojlantirish gʻoyalari borasida uchinchi tomon ishtirokidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdilar.

“CyberPatient” ishlab chiqaruvchilari bugun ingliz tilini qoʻllagan holda ishlayotgan simulyatorni boshqa xalqaro tillar, xususan, rus tilidagi subtitrlar bilan jihozlashni ham rejalashtirganlar. Bu koʻpgina mamlakatlarning, jumladan Oʻzbekistonning ham talaba-shifokorlari, hamda harakatdagi shifokorlarning ushbu innovatsion platformadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Videokonferensaloqa davomida Milliy palata va uning yangi hind hamkorlari tomonidan birgalikdagi yangi loyihalarning amalga oshirish imkoniyatlari ham muhokama etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.