Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi respublikamizda faoliyat yuritayotgan dori vositalarini ulgurji va chakana sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan dori vositalarining narxlari boʻyicha oʻrganishlar olib borganda belgilangan ustamalarni oshirib qoʻllanish holatlarini aniqladi.
Qoʻmitaning “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar boʻyicha tekshirish oʻtkazilganda 473 ta dorixonada (133 ta ulgurji va 340 ta chakana) huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgani maʼlum boʻldi. Oʻrganishlar natijasida 49 455 ta holatda 5,4 mlrd. soʻmga yaqin asossiz daromad olinganligi aniqlanib, isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi va isteʼmolchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari koʻrildi.
Xususan,
— Toshkent viloyatida 111 ta dorixonada 1838 ta holatda 39 mln. soʻm miqdorda;
— Toshkent shahrida 71 ta dorixonada 17 266 ta holatda 1 mlrd. 911 mln. soʻm miqdorda;
— Jizzax viloyatida 62 ta dorixonada 7005 ta holatda 743,7 mln. soʻm miqdorda;
— Namangan viloyatida 44 ta dorixonada 7544 ta holatda 1 mlrd. 14,5 mln. soʻm miqdorda;
— Navoiy viloyatida 32 ta dorixonada 1492 ta holatda 134,9 mln. soʻm miqdorda;
— Qoraqalpogʻiston Respublikasida 30 ta dorixonada 1391 ta holatda 71,8 mln. soʻm miqdorda;
— Cirdaryo viloyatida 24 ta dorixonada 1587 ta holatda 20 mln. soʻm miqdorda;
— Fargʻona viloyatida 23 ta dorixonada 539 ta holatda 93,2 mln. soʻm miqdorda;
— Andijon viloyatida 20 ta dorixonada 6352 ta holatda 312,8 mln. soʻm miqdorda;
— Buxoro viloyatida 17 ta dorixonada 1866 ta holatda 71,8 mln. soʻm miqdorda;
— Qashqadaryo viloyatida 18 ta dorixonada 1378 ta holatda 18,8 mln. soʻm miqdorda;
— Samarqand viloyatida 9 ta dorixonada 30 ta holatda 36,6 mln. soʻm miqdorda;
— Surxondaryo viloyatida 7 ta dorixonada 1048 ta holatda 914 mln. soʻm miqdorda;
— Xorazm viloyatida 5 ta dorixonada 119 ta holatda 10 mln. soʻm miqdorda isteʼmolchilardan dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish natijasida mablagʻlar olinganligi aniqlangan.
Maʼlumot uchun; qoʻmita mazkur yoʻnalishdagi ishlarini davom ettirgan holda belgilangan ustamalarni oshirib qoʻllanish holatlariga yoʻl qoʻygan dorixonalarga nisbatan chora koʻrilishini va huquqbuzar dorixonalar roʻyxatini ilova sifatida oʻzining rasmiy sahifalarida eʼlon qilib borishini maʼlum qiladi, — deyiladi xabarda.