Raqobat qoʻmitasi bayramoldi chegirmalar yuzasidan tadbirkorlarni ogohlantirdi

    Yurtimizda bayram kunlari arafasida aksiyalar, savdo tarmoqlarida xaridlar uchun bonuslar, chegirmalar va keshbeklar taqdim etilmoqda.

    Ushbu kunlarda bayramona chegirmalar haftalik yoki faqatgina maxsus kunlarda amal qilinishi, tovarlarga aksiya va chegirmalar qoʻllash orqali ularning narxlari keskin tushirilganligi, 20-30 va hattoki 90 foizgacha miqdorida chegirmalar qoʻllanilganligi toʻgʻrisida reklamalar avj oladi.

    Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, ayrim aksiya va chegirmalar nomigagina oʻtkazilishi, xaridorlar tomonidan chegirmali tovarlarni xarid qilish orqali ularda foydali xarid hayolini uygʻotish maqsadida ushbu usullardan foydalanilmoqda.

    Yuqoridagilarga koʻra Raqobat qoʻmitasi tadbirkorlik subyektlarini isteʼmolchilarga toʻgʻri va tushunarli maʼlumot taqdim etish hamda aksiya va boshqa tadbirlarni amaldagi qonunchilik talablari doirasida oʻtkazish maqsadga muvofiqligi, agarda qonunchilik talablari buzilgan taqdirda belgilangan tartibda chora koʻrilishi yuzasidan ogohlantiradi.