Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan aniqlanishicha, bu mineral oʻgʻit mahsulotlari narxlari oʻrtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab boʻlgan.

Qoʻmita tomonidan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari boʻyicha ish qoʻzgʻatildi.

Shuningdek, ushbu omil qishloq xoʻjaligi korxonalari (klaster, fermer, dehqon va boshqalar)ga bevosita taʼsir qilib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin.

Qoʻzgʻatilgan ish oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, qaror qabul qilingandan soʻng qoʻshimcha axborot beriladi, deyiladi Qoʻmita axborotida.