Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Qoʻmita tomonidan raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatuvchi provayderlarga (teleradiokanallar) koʻrsatma xati yuborildi.
Koʻrsatmada telekanallar bir oylik muddatda reklamaga oid oʻz faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirishi va qayta koʻrib chiqishi soʻralgan.
Ushbu koʻrsatma xati talabalaridan kelib chiqib, Qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda sohaga oid monitoring tahlillari oʻtkazadi va oʻrganishlarda qonun buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu holatga yoʻl qoʻygan subyektlarga nisbatan qatʼiy taʼsirchan choralar, shu jumladan, moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi maʼlum qilindi.