Bu esa reklama qonunchiligining buzilish holati hisoblanadi.
Jumladan, VIVO Y03 telefoni uchun 213 167 soʻm oylik toʻlov, HONOR X7b telefoni uchun esa 274 167 soʻm etib koʻrsatilgan. Ammo qoʻmita tomonidan boshqa savdo doʻkonlaridagi ushbu markali mobil telefonlar narxlari solishtirilganda, “Texnomart” MCHJ savdo doʻkonlaridagi muddatli toʻlov narxlari nisbatan yuqoriligi kuzatilgan. Bundan tashqari, reklamada “eng”, “eng yaxshi” kabi orttiruvchi nisbatlar ishlatilgan, lekin bu daʼvolarni tasdiqlaydigan aniq dalillar taqdim etilmagan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “Texnomart” MCHJga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi hamda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlarining tegishli moddalari talablari buzilishi bilan ish qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi, deyiladi xabarda.