Jumladan, ogohlantirish xatida “Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit” savdo tarmoqlariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni oʻzgartirish holatlari, logistika xarajatlari hamda narx oshishiga olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa omillar haqida gap boradi.
Raqobat qoʻmitasini tezkor ravishda xabardor qilib borish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, savdo tarmoqlariga yetkazib beruvchilar tomonidan asossiz ravishda narxlarni oshirishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha doimiy ogohlantirish ishlarini olib borish topshirildi.
Qoʻmita tomonidan bozorda sogʻlom raqobat muhitini saqlash va aholi manfaatlarini himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda.







