Tuman hokimi Xurshid Tohirov va investitsiya sohasi mutasaddilari tomonidan ichki, tashqi bozorlarda talabga ega boʻlgan yangi mahsulotlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, tovarlar turlarini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali korxonalar faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentyabrdagi “2019-2023-yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, “Xoʻjalar” mahallasida 4,57 gektar yer maydoni negizida kichik sanoat zonasi tashkil etilgan. Umumiy lotlarga ajratilgan yer maydoni 3,86 gektardan iborat.

Investitsiya shartnomasi tuzilgan tadbirkorlar soni 3 ta, ularga berilgan lotlar soni 5 ta, ajratilgan yer maydoni 0,72 gektar, investitsiya qiymati esa 18 milliard 830 million soʻmni tashkil qiladi.

Shuningdek, “HAJAR” MCHJ QK negizida umumiy qiymati 13 milliard 680 million soʻmga teng “Sochiq va ip kalavadan tayyor mato ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish uchun 7 va 8 lotlar (0,45 gektar) ajratilgan. Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida tumanda 65 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. bugungi kunda asbob-uskunalarni olib kelish uchun Xitoy va Turkiya davlatlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Jumladan , “Yunusbek Zafar Savdo” MCHJ negizida umumiy qiymati 3 milliard 500 million soʻmga teng “Mix va samorez mahsulotlari ishlab chiqarish”, “ASL LUKS MEBEL” MCHJ umumiy qiymati 700 million soʻmga teng “Barcha turdagi mebel jihozlari (ofis,oshxona,yotoqxona)va mdf eshik-deraza romlari ishlab chiqarish” loyihalarini amaliyotga keng tatbiq qilinishi rejalashtirilmoqda.

Rabbonqul Muxtorov,

jurnalist