Bu borada barcha Milliy olimpiya qoʻmitalarga rasmiy xabar yuborilmoqda.
Xabarda butun dunyoda yangi epidemiologik vaziyatning qayta avj olayotgani, sportchilarning salomatligini himoya qilish tashkilotning asosiy maqsadi ekani sabab qilib koʻrsatilgan. Shu tariqa, iyun oyida Parijda oʻtadigan jahon litsenzion musobaqasi oʻtkazilmaydigan boʻldi.
Hozirda boks boʻyicha 53 ta yoʻllanma (32 erkaklar va 21 ayollar) taqsimlanmay qolgan edi. Maʼlum qilinishicha, ushbu kvotalar barcha qitʼalarga bokschilarning Olimpiya vazn toifalaridagi reyting pogʻonalariga qarab tarqatiladi. Bunda soʻnggi 4 yil (2017-2021) orasida oʻtkazilgan xalqaro musobaqalar inobatga olinadi. Bungacha oʻtkazilmagan Amerika va Yevropa qitʼalaridagi saralash musobaqalari may-iyun oylarida boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi oʻtgan yil Iordaniyada oʻtgan litsenzion musobaqa orqali 7 ta (6 erkak va 1 ayol) yoʻllanmani qoʻlga kiritgan edi.