Bugun Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Serbiyaga ikki kunlik rasmiy tashrifi boshlanishi kerak edi. Lekin Bolgariya, Shimoliy Makedoniya va Chernigoriya hukumatlari vazirning samolyoti oʻz havo kengliklaridan uchishiga ruxsat bermadi.
Shu bois safar qoldirildi. Bu haqda Serbiyaning “Vecherne novosti” gazetasi xabar tarqatdi.