Xabarda, “Sizning tizimingiz ISHID tomonidan buzilgan. Biz shu yerdamiz" deya yozib qoldirilgan.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmatining maʼlum qildishicha, 26-mart kuni vazirlikning mc.uz rasmiy saytidagi rd.mc.uz havolasiga hakkerlar hujum qilishga uringan.

“Rasmiy saytga buzib kirilmagan. Faqatgina havolani oʻzgartirishga urinish boʻlgan”, deyiladi xabarda.