Yigʻilishda Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbariyati, sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiya xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi birinchi vitse-prezidentligiga Irmatov Ravshan Sayfuddinovich nomzodi ilgari surildi. Kengash aʼzolari tomonidan R.Irmatov nomzodi bir ovozdan maʼqullandi va saylandi.

Eslatib oʻtamiz, Ravshan Ermatov shu kunga qadar bir vaqtning oʻzida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.