Tashrif mobaynida ispaniyalik sobiq futbolchi OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va Faxriylar kengashi raisi Toʻlagan Isoqov hamrohligida Toshkent shahar futbol mahorat maktabi hamda “Bunyodkor” akademiyasi yosh tarbiyanuvchilari bilan koʻrishdi.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuv mobaynida akademiya tarbiyanuvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga Moriyentesdan javob oldilar.

Shuningdek, futbol olamida katta tajribaga ega boʻlgan nufuzli mehmon yosh futbolchilarga kelgusi faoliyatlari uchun muhim boʻlgan bir qator maslahatlarni berdi.
Uchrashuv yakunida Ravshan Ermatov Fernando Moriyentesga tashrifi uchun minnatdorlik bildirib, esdalik sovgʻalari taqdim etdi.