Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.

Unga koʻra, ularga Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari boʻyicha ayblov qoʻyilgan:

  • 167-modda (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish);
  • 179-modda (Soxta tadbirkorlik),
  • 184-modda (Soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash);
  • 189-modda (Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish);
  • 28,209-modda (Mansab soxtakorligida ishtirok);
  • 209-modda (Mansab soxtakorligi);
  • 227-modda (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish);
  • 228-modda (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish).

Ularga oid jinoyat ishi ayni paytda jinoyat ishlari boʻyicha Pop tuman sudida ochiq sud majlisida koʻrib chiqilmoqda.

Sudlanuvchi O.I. va yana 4 nafar shaxsga “qamoqqa olish”, 1 nafar shaxsga “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.

Sud yakuni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berilishi taʼkidlandi.