Taʼkidlanishicha, institut tomonida 50 ta qisqa muddatli ilmiy-amaliy loyihalar bajarilgan. Shuningdek, 34 ta ilmiy-ommabop, uslubiy qoʻllanma, monografiya va risolalar tayyorlandi hamda nashr qilindi.

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish yoʻnalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan, jumladan, “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markaz”ida boʻlgan ayollar uchun “Reabilitatsiyadan soʻng oilaga qayta moslashish” mavzusida amaliy tavsiyanoma ishlab chiqildi.

Institut tomonidan boshqa yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil quyidagi havola orqali tanishish mumkin.