Kecha Finlandiya poytaxti Helsinki shahrida UEFA Superkubogi uchun  bo'lib o'tgan bahsda ECHL g'olibi “Real” va Evropa ligasi g'olibi “Aytraxt” uchrashdi.

Qizg'in kurashlar ostida kechgan matchda David Alaba va Karim Benzemaning gollari evaziga  ispan klubi 2:0 hisobida g'olib chiqib, o'z tarixida  beshinchi bor bu nifuzli kubokni qo'lga kritdi va bu borada “Barselona” va “Milan”ga etib oldi.

 Ushbu g'alabadan so'ng Anchelotti Gvardiolani ortda qoldirib, UEFA Superkubogini to'rt bor yutgan birinchi murabbiyga aylandi. U o'yindan so'ng Marca nashri muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi:

 “O'yin oson kechmadi, raqib juda qattiq o'ynadi. Biz gol urdik va keyin vaziyatni yaxshi nazorat qildik. Mavsum boshida jamoa hamisha ham yaxshi formada bo'lmaydi. Lekin mavsumni ijobiy boshlash uchun g'alaba qozondik.

O'ylaymanki, yaxshi atmosfera bizga ijobiy natijalarga erishishga yordam beradi. Muhit ajoyib, g'alabalar esa motivatsiya beradi. 

Bu erda ekanligimiz uchun Benzemadan minnatdor bo'lishimiz kerak. Keling, unga “Oltin to'p”ni beraylik. Uning g'alabasiga kimdir shubhalanayotganiga ishonmayman”.