Telefoot xabariga koʻra, Madrid jamoasi norvegiyalik hujumchini Karim Benzemaga oʻrinbosar sifatida olib kelishmoqchi. “Real Madrid” kelasi yili 35 yoshli Benzema bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Uning ispan klubi bilan shartnomasi 2023-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi, ammo madridliklar kelishuvni yana bir yilga uzaytirish niyatida.
“Real Madrid” uzoq vaqtdan beri Xolandni sotib olish imkoniyatini qidirmoqda. Ular Xolandning shartnomasida belgilangan 240 million yevroni toʻlab, jamoaga olib kelishni oʻylashmoqda.
Joriy mavsumda Xoland APLning 28 oʻyinida 32 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.