Anʼanaviy festivalning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri Samarqanddagi Registon maydonining muzdan ishlangan maketidir.
Tashkilotchilarning maʼlumotiga koʻra, maydoni million kvadrat metr boʻlgan qorli shaharchani qurish uchun jami 300 ming kub metr muz va qor sarflandi.
Shaharcha toʻqqizta asosiy zonaga boʻlingan boʻlib, ularda Osiyo Olimpiya Kengashiga aʼzo 42 ta mamlakat va 3 ta hududning diqqatga sazovor joylari maketlari yaratilgan. Uning dizayni va qurilishida 2025-yil 7-fevral kuni Xarbinda boshlanadigan qishki Osiyo oʻyinlari elementlaridan foydalanilgan.
Tashrif buyuruvchilar mingdan ortiq gʻaroyib hamda rang-barang yoritgichli muz va qor haykallarini, shu jumladan, Osiyo davlatlarining namunaviy binolarida tasvirlangan art-obyektlarini koʻrishlari mumkin. Bu yerda har bir kishi uchun turli madaniy tadbirlar va qishki koʻngilochar dasturlardan bahramand boʻlish imkoniyati mavjud.
Mazkur parkga 1999-yilda asos solingan. 2024-yilda muz shahriga 3 millionga yaqin odam tashrif buyurgan.