Rejissyor Abdurahmon Abdunazarov vafot etdi

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, rejissyor Abdurahmon Abdunazarov 72 yoshida vafot etdi.

    Rejissyor “Temir xotin”, “Jononga bordim bir kecha”, “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”, “Mayli, saylang”, “Baxtiyorni uylantiramiz”, “Gulya + Erik”, “Boy ila...”, “Momo yer” singari oʻnlab spektakllari bilan oʻzbek teatr sanʼatiga hamda mustaqil ijodiy studiyalar rivojiga katta hissa qoʻshgan.

    Shuningdek, u Andijon viloyati sanʼat kollejida pedagog sifatida faoliyat yuritib, koʻplab shogirdlar yetishtirdi.