Yangi galaktika topildi

    Mazkur galaktikasining yoshi 20 million yil deb baholanmoqda. U 13,5 milliard yorug'lik yili olisda joylashgan.

    Texas universiteti astronomlari James Webb rasadxonasida NIRCam uskunasi yordamida rekord darajada uzoq masofada joylashgani taxmin qilinayotgan galaktikani topishga muvaffaq bo'lishdi.

    Stiven Finkel`shteyn boshchiligidagi olimlar guruhi topilgan mazkur galaktika CEERSJ141946.35+525632.8 yoki Meysi deb nomlandi, deyiladi korrespondent.net saytida.