Davlat ekologiya qoʻmitasi hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamkorligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) “Markaziy Osiyodagi iqlim oʻzgarishini hisobga olgan holda yerlardan kompleks foydalanish” loyihasi doirasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda va oʻrmon fondi yerlarida rekreatsion tadbirlarni oʻtkazish qoʻllanma loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur hujjat loyihasini muhokama qilish hamda zarur takliflarni olish maqsadida 2021-yil 12-noyabr tadbir tashkil qilindi. Kunning birinchi yarimida Samarqand viloyatining “Dilimah” mehmonxonasida amaliy seminar, kunning ikkinchi yarmida esa “Zarafshon” milliy tabiat bogʻida rekreatsion faoliyatini tashkil etish boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.

Ushbu oʻtkazilgan seminarda Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Bosh boshqarmasi hamda ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlar xodimlari, shu bilan birga Oʻrmon xoʻjaligi davlat koʻmitasi hamda Qoʻmita tizimidagi oʻrmon xoʻjaliklari, Davlat Geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi, GIZ ILUCA, Tojikiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi agentligi xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur oʻtkazilgan amaliy seminar hamda mashgʻulotning maqsadi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda va oʻrmon fondi yerlarida rekreatsion faoliyatni tashkil etish boʻyicha mutaxassislarning bilimlarini oshirish, shu sohada xorijiy tajribani oʻrganish hamda “Zarafshon” milliy tabiat bogʻi hududida qoʻllab, tajriba almashishdan iboratdir.