Muloqotda ikki davlat oʻrtasida tibbiyot sohasida erishilgan kelishuvlar hamda amalga oshirilgan va oshirilayotgan yirik loyihalar, jumladan, Bolalar milliy tibbiyot markazi faoliyatini takomillashtirish, Kattalar tibbiyot markazi qurilishini tezlashtirish, Toshkent tibbiyot akademiyasi xodimlari va talabalarini Janubiy Koreyaning tibbiyot klinikalariga taklif qilish orqali ularning malakasini oshirish, turli yoʻnalishlardagi almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektorining aytishicha, safar davomida Degu Xani universiteti, Koreya universiteti, Pusan Milliy universiteti va klinikasi, Sungshin universiteti, Yonsey Praym klinikasi hamda Asan tibbiy markazlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazilib, tibbiyot xodimlari va talabalar almashinuvi boʻyicha muhim kelishuvlarga erishilgan.
Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Pusan Milliy universiteti klinikasi, Asan tibbiy markazi va Degu Xani universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.