Qonunga koʻra, shaharsizlik renovatsiyasini amalga oshirish uchun quyidagilar asos boʻladi:

  • shaharsizlik renovatsiyasi hududida joylashgan turar va noturar joylarning eskirganligi, yashash va foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib, avariya holatiga kelib qolgani;
  • hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy taʼsir qiladigan holatlarning mavjudligi.

Shaharsizlik renovatsiyasi quyidagi turlardan iborat:

  • mavjud obʼyektni asosiy konstruksiyasini oʻzgartirmasdan rekonstruksiya qilish;
  • mavjud obʼyektni buzish va boʻshagan yer uchastkasida buzilgan obʼyekt toifasidagi yangi obʼyektni qurish;
  • yashil hududlarni va boshqa hududiy zonalarni tashkil etish.

Shaharsizlik renovatsiyasini amalga oshirish boʻyicha taklif quyidagi subyektlar tashabbusiga koʻra kiritilishi mumkin:

  • davlat tashabbusiga koʻra;
  • huquq egalarning tashabbusiga koʻra;
  • uchinchi shaxslarning tashabbusiga koʻra.

Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida shaharsizlik renovatsiyasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil etiladi.

Ochiq muhokamada obʼyektlarni renovatsiya loyihasiga kiritish uchun har bir obʼyekt egalarning kamida 4/5 qismining notarial tasdiqlangan yozma roziligini olish renovatsiyani amalga oshirishning majburiy shartlaridan biridir.

Huquq egasi renovatsiya loyihasini amalga oshirishda oʻz xohishiga koʻra kompensatsiya olishi yoki hissador sifatida ishtirok etishi mumkin.

Kompensatsiya quyidagi shakllarga ega boʻlgan ketma-ketlikda boʻlishi mumkin:

  • shaharsizlik renovatsiyasi amalga oshiriladigan hududda yangi quriladigan turar va noturar joy toifasidagi obʼyektni mulk qilib berish;
  • boshqa joydan turar va noturar joy toifasidagi obʼyektni mulk qilib berish;
  • pul mablagʻlari;
  • kelishuv bitimida nazarda tutilgan boshqa shakllar.

Maʼlumot uchun: huquq egasi – shaharsizlik renovatsiyasi hududida joylashgan koʻchmas mulk obʼyektlarining egalari boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

Qonunga koʻra, huquq egalari bilan ochiq muhokama renovatsiya loyihasining kontseptsiyasi ishlab chiqilgan kundan eʼtiboran 2 oy ichida oʻtkaziladi.