Kutubxona binosi boy tarixga ega. U XIX asr oxirlarida qoʻqonlik tadbirkor aka-uka Vadyayevlar tomonidan qurilgan. Oʻtgan asrning 60-yillarida Alisher Navoiy nomidagi davlat kutubxonasining Oʻsmirlarga xizmat koʻrsatish boʻlimi Vadyayevlar qarorgohidagi kutubxona binosiga koʻchiriladi. Keyinchalik u toʻliq Respublika bolalar kutubxonasi tasarrufiga berilganini Toshkent aholisi yaxshi eslaydi.
Kutubxonaning kitob fondi 1965-yildan boshlab shakllantirilib, 200 ming jildga yaqin nashrga yetadi. Qayta taʼmirlash ishlari mobaynida u kengaytirilib, javonlarga yana 21 ming kitob qoʻshildi. Bunda alohida eʼtibor ilm-fan, sanʼat va meʼmorchilikka oid kitoblar saralamasiga qaratildi.
Ochilish marosimi 31-avgust kuni oʻtkaziladi.