Ushbu Qonunning 16-moddasida bevosita “Oʻzagroinspeksiya”ga original, elita va reproduksion urugʻliklarning yetishtirilishi, ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilgan holda tejab sarflanishi ustidan nazorat qilish vakolati belgilab berilgan.
Mazkur vakolat doirasida “Oʻzagroinspeksiya”ning Koʻchatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari yetishtirilishini nazorat qilish boʻlimi tomonidan “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” huzuridagi elita xoʻjaliklarda sabzavot va poliz ekinlari urugʻligi yetishtirilayotgan maydon va kelgusi yil uchun ekish maqsadida urugʻlik jamgʻarishni prognoz koʻrsatgichlari tahlil qilindi.
Tahlillarga koʻra, respublika boʻyicha 36 ta elita xoʻjaliklarida jami 125,6 gektar maydonda sabzavot va poliz ekinlarining yuqori avlodli urugʻligini yetishtirish maqsadida ekin ekilgan boʻlib, shundan 52,9 gektar sabzavot va 72,7 gektar polizni tashkil etadi.
Ushbu urugʻlik uchun ekilgan maydonlardan jami 22 tonna sabzavot va poliz ekinlarining urugʻliklari jamgʻarilishi aniqlandi.
Shuningdek, 52,9 gektar sabzavot ekilgan maydonlarda jami 15,4 tonna yuqori avlodli shundan, 9,3 tonna R-1 va 6,1 tonna R-2 avlodiga mansub urugʻliklar hamda 72,7 gektar poliz ekilgan maydondan jami 6,6 tonna yuqori avlodli shundan, 4,6 tonna tonna R-1 va 2,1 tonna R-2 avlodiga mansub urugʻliklar jamgʻarish prognoz qilinganligi aniqlandi.
2022-yil hosili uchun mahalliy sharoitda respublikamizning barcha hududlaridagi elita xoʻjaliklarida yetishtirilayotgan sabzavot va poliz ekinlari urugʻliklarini dala aprobatsiya sinovlarini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazilishi hamda mevalardan urugʻliklarni ajratib olinishi, urugʻliklarni saqlanishi “Oʻzagroinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari va tuman boʻlimlari inspektorlari tomonidan nazorat qilib boriladi.
Zafar Ismatov,
Oʻzagroinspeksiya inspektori