12-14-dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanadi) boʻladi.
Togʻ va togʻ oldi tumanlarda 12-13-dekabr kunlari yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yogʻingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublika boʻyicha havo haroratini meʼyordan 8-10° pasayishi kutilmoqda.
13-15-dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqqacha, shimolda kechalari 7-12° sovuqqacha, baʼzi joylarda 14-16° sovuqqacha, kunduz kunlari 3° sovuq 2° iliqqacha pasayadi.