Respublika parlamentidagi ayollar soni BMT tavsiyalariga mos darajaga yetdi

    Mamlakatimizda 12 Oktabr 2021 387

    Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba milliy parlamentda xotin-qizlar soni Birlashgan Millat Tashkiloti tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi.

    Bu haqda Markaziy sayloa kommissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev aytib oʻtdi.

    Mamlakatimiz parlamenti xotin-qizlar soni boʻyicha dunyodagi 190 ta milliy parlament oʻrtasida 37-oʻringa koʻtarildi.

    Bugungi kunda siyosiy partiyalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ulushi 44 foizga, boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga yetdi.