Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 916,9 ming dona qorakoʻl teri (2020-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 4,4 foizga koʻp) olindi.

Xoʻjalik toifalari oʻrtasida olingan qorakoʻl terining eng katta hajmi 760,0 ming dona yoki umumiy hajmidan 82,9 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi.

Olingan qorakoʻl terining umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Buxoro viloyatiga (40,6 foiz) toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, eng past ulush Jizzax viloyatida (0,3 foiz) kuzatildi.