Respublikada 22 ta bogʻcha, 31 ta maktab, 16 ta oliy taʼlim muassasalari quriladi

    Ta'lim 29 Dekabr 2020 2014

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021–2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–4936-son, 28.12.2020-y.) qabul qilindi.

    Qaror bilan 2021-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari va 2022-2023-yillar uchun maqsadli moʻljallar tasdiqlandi.

    Shunga koʻra, belgilangan yillarda respublikada, jumladan:

    - 22 ta bogʻcha (jami 2 970 oʻringa ega), 31 ta umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar (jami 13 934 oʻquv oʻrniga ega), 16 ta OTM (jami 9 300 oʻquv oʻrniga ega) yangi quriladi;

    - jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash boʻyicha jami 55 ta loyiha (shundan 23 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

    - 11 ta madaniyat va sanʼat obyektlari yangidan qurilib, 7 tasi rekonstruksiya qilinadi;

    - sogʻliqni saqlash obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha jami 131 ta loyiha (shundan 24 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

    Shuningdek, ilm-fan va innovatsion obyektlarni rivojlantirish boʻyicha 14 ta loyiha amalga oshiriladi.

    Xususan, 2021-2022-yillarda Toshkent shahrida Xalqaro molekulyar allergologiya markazini qurish nazarda tutilgan.

    Bundan tashqari, temir yoʻl va metropoliten yoʻlini rivojlantirish choralari ham koʻriladi.