Qaror bilan 2021-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari va 2022-2023-yillar uchun maqsadli moʻljallar tasdiqlandi.

Shunga koʻra, belgilangan yillarda respublikada, jumladan:

- 22 ta bogʻcha (jami 2 970 oʻringa ega), 31 ta umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar (jami 13 934 oʻquv oʻrniga ega), 16 ta OTM (jami 9 300 oʻquv oʻrniga ega) yangi quriladi;

- jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash boʻyicha jami 55 ta loyiha (shundan 23 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

- 11 ta madaniyat va sanʼat obyektlari yangidan qurilib, 7 tasi rekonstruksiya qilinadi;

- sogʻliqni saqlash obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha jami 131 ta loyiha (shundan 24 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

Shuningdek, ilm-fan va innovatsion obyektlarni rivojlantirish boʻyicha 14 ta loyiha amalga oshiriladi.

Xususan, 2021-2022-yillarda Toshkent shahrida Xalqaro molekulyar allergologiya markazini qurish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, temir yoʻl va metropoliten yoʻlini rivojlantirish choralari ham koʻriladi.