AOKAda Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi N.Oblomurodov, “Oʻzgidromet” markazi direktori Sh.Habibullayev, boshqa vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Unda Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi holatining kelib chiqish sabablari va koʻrilayotgan choralar haqida maʼlumot va OAV vakillari savollariga javob berildi.
Maʼlum qilinishicha, soʻnggi 100-yil davomida global miqyosda havo haroratining koʻtarilishi 1,2 gradusni tashkil qilgan boʻlib, bizning mintaqamizda ushbu koʻrsatkich 2 gradusga oshgan.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida yangi ishga tushirilayotgan har bir obyekt boʻyicha samaradorlik darajasi 99,5 foizdan hamda faoliyat yuritayotgan obyektlar boʻyicha samaradorlik darajasi 95,0 foizdan kam boʻlmagan chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish majburiyati belgilanmoqda.
Shuningdek, hozirda yangi avtotransport vositalarining faqatgina “Yevro-4” va undan yuqori ekologik toifalarga javob beradigan modellarini import qilish tartibi joriy etildi.
Ayni paytda avval foydalanishda boʻlgan transport vositalarini import qilishda ham ularning ekologik taʼsir meʼyorlarini belgilash boʻyicha milliy standart loyihasi ishlab chiqilmoqda.