O'rta Osiyo сho'l mushugi mushuksimonlar oilasiga mansub bo‘lib, kunduzi tez-tez ko'zga tashlanadi. Oʻzbekistonda choʻl va yarim choʻl hududlarida, daryolar boʻyidagi chakalakzor va butazorlarda, shuningdek, suv havzalari yaqinidagi qamishzorlarda keng tarqalgan.
Bu jonzot cho‘l sharoitida yashashga moslashgan: kam suv bilan yashay oladi, rangi qumga o‘xshashligi tufayli atrof-muhitda deyarli bilinmaydi va, asosan, kechasi ov qiladi. Quloqlari nihoyatda sezgir bo‘lib, hatto yer ostidagi kemiruvchilarning harakatini ham eshita oladi, panjalari esa qum ustida shovqinsiz yurishga yordam beradi.
Ma'lumot uchun, “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasi 2022-yil fevral oyida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida tashkil etilgan. Qo‘riqxonada sut emizuvchilarning 10 dan ortiq, qushlarning 20 dan ortiq va sudralib yuruvchilarning 10 ga yaqin turi yashaydi. Shulardan 16 turdagi hayvonlar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.