Tadbirkorlik subyektlari https://tasnif.soliq.uz/ sayti orqali mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlarini (MXIK) elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettirishga imkon beradigan dasturlardan foydalanishlari mumkin.

Mazkur sayt, mahsulotlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlarini (MXIK) qidirish va ularni elektron hisobvaraq-fakturalarda, onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida aks ettirishga xizmat qiladi.

Saytda elektron hisob-faktura operatorlari xizmatlari va elektron shartnomalar tizimi bilan oʻzaro aloqa tizimi mavjud. “Tanlanganlarga qoʻshish” tugmasini bosish orqali mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi (MXIK) sizning shaxsiy kabinetingizga biriktiriladi hamda elektron hisobvaraq-faktura operatoringizda (shaxsiy kabinetda) aks ettiriladi. EHF operatori saytiga kirganingizda MXIK ni elektron hujjatlarda tez va qulay tarzda aks ettirishingiz mumkin.

Tizimdan foydalanish boʻyicha batafsil maʼlumot yoʻriqnomada keltirilgan.

Yagona elektron klassifikatordan foydalanish borasida savollar tugʻilsa yoki takliflaringiz boʻlsa, @mxikbot (mahsulotlar va xizmatlar identifikatsion kodi) telegram botiga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

Mazkur Yagona elektron klassifikator taklif va mulohazalar asosida takomillashtiriladi.

DSQ Matbuot xizmati