Faqat SEXdan ruxsat olgan MTT largina Ish boshlashi va bolalarni qabul qilishi mumkin boʻladi. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda qurilish ishlari olib borilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, shuningdek, xodimlar orasida COVID-19 yuqtirish holatlari aniqlangan MTT lari hali ham yopiq boʻladi.
Shunday qilib, Sirdaryo viloyatida yil oxiriga qadar 20 ta MTT yopiq boʻladi, Toshkent viloyatida 104 ta maktabgacha taʼlim muassasasi investitsiya dasturi asosida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari va joriy taʼmirlash sababli ishlamayapti. 4 ta maktabgacha taʼlim muassasasi yaroqsiz holatga kelib qolgan, 2021-yilda ular investitsiya dasturiga tavsiya etilgan (Nurafshon shahridagi 23-, 1- sonli MTT, Chinoz tumanidagi 9-sonli MTT, Qibray tumanidagi 1-sonli MTT).
Olmaliq va Bekobod shaharlaridagi 26 ta idoraviy MTT (5%) Olmaliq togʻ kon-metallurgiya kombinati va Bekobod shahridagi “Oʻzmetkombinat” maʼmuriyatining qaroriga binoan ishlamaydi. Eng kam sonli MTT ochilishi Olmaliq shahri (18 ta MTT dan 2 tasi ishlaydi), Chirchiq shahri (29 ta MTT dan 16 tasi ishlaydi) va Pskent viloyati (17 ta MTT dan 3 tasi ishlaydi)da kuzatilmoqda (xodimlar orasida COVID-19 ga chalinish holatlari aniqlanganligi sababli).
Toshkent shahrida 80 ta MTT taʼmirlanmoqda:
Bektemir tumani -7 ta MTT (570,571,572,573,575,579,580)
Mirzo-Ulugʻbek tumani- 1 ta MTT
Mirobod tumani- 5 ta MTT (64,174,398,506-joriy taʼmirlash, 482 -kapital taʼmirlash);
Olmazor tumani -11 ta MTT (91,182,299-joriy taʼmirlash, 102,118,169,172,248,271-rekonstruksiya, 4, 67- binolari avariya holatidaligi sababli yopiq MTT);
Sergeli tumani -15 ta MTT (40,42,44,87,292,305,463,562,565,589,598,599,605-joriy taʼmirlash, 121,566-rekonstruksiya);
Uchtepa tumani — 4 ta MTT (17, 401, 409 -joriy taʼmirlash, 341 — kapital taʼmirlash);
Chilonzor tumani — 4 ta MTT (350, 406-joriy taʼmirlash, 24, 204-rekonstruksiya 2020);
Shayxontoxur tumani- 7 ta MTT (3- joriy taʼmirlash, 21,75,293,484 — rekonstruksiya, 140,461 — kapital taʼmirlash);
Yunusobod tumani -10 ta MTT (91,173,301,408,544-joriy taʼmirlash, 33,53,99,206-rekonstruksiya, 331- binolari avariya holatidaligi sababli yopiq MTT);
Yakkasaroy tumani- 4 ta MTT (155, 249-joriy taʼmirlash, 9, 150 — kapital taʼmirlash);
Yashnobod tumani -12 ta MTT (222, 306, 308-joriy taʼmirlash, 161, 203, 240, 435, 481, 510, 596-kapital taʼmirlash, 457, 559-rekonstruksiya)
Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda mamlakatda 5 385 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (89%) ochiq, MTT ga keluvchi bolalar soni 691 271 nafarni tashkil etadi.