"Yangi Oʻzbekiston» bogʻida oʻrnatilgan archaning balandligi 35 metr, diametri esa 15 metrni tashkil etadi.

Ushbu archa respublikadagi eng baland, MDHda uchinchi (Ashxobod va Yerevandan keyin) oʻrinda.

Bayram munosabati bilan bu erda muz katoki, qorbobolar paradi, 29, 30 va 31-dekabr kunlari esa mushak otilishi rejalashtirilgan.

Bayram tadbirlari 10-yanvargacha davom etadi.