Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2021-yilning yanvar - iyun oylarida respublika boʻyicha jami 22,7 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan.

Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,1 foizga oshgan.

Respublika boʻyicha tayyorlangan pilla xom-ashyosining umumiy hajmida hududlarning ulushi:

yuqori ulushga ega

Samarqand viloyati – 13,0 foiz;

Andijon viloyati – 12,8 foiz;

Buxoro viloyati – 10,5 foiz;

Qashqadaryo viloyati – 9,4 foiz;

Fargʻona viloyati – 9,3 foiz.

kam ulushga ega

Qoraqalpogʻiston R. – 3,3 foiz;

Sirdaryo viloyati –2,7 foiz.