Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar oyida respublikada 23 689,8 milliard soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan. Bozor xizmatlarining nominal hajmi 4 631,4 milliard soʻmga oshgan. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 116,9 foizni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hajmi:
aloqa va axborotlashtirish – 1 521,9 milliard;
moliyaviy – 5 736,6 milliard;
transport – 5 063,3 milliard;
shu jumladan: avtotransport – 2 748,0 milliard;
yashash va ovqatlanish – 656,2 milliard;
savdo – 5 997,8 milliard;
koʻchmas mulk bilan bogʻliq – 677,2 milliard;
taʼlim sohasi – 915,9 milliard;
sogʻliqni saqlash sohasi – 415,3 milliard;
ijara – 424,5 milliard;
kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash – 392,0 milliard;
shaxsiy – 608,1 milliard;
meʼmorchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi – 432,6 milliard;
boshqalar – 848,4 milliard soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.