Bosh rejaga asosan bogʻga tashrif buyuruvchi mahalliy aholi hamda xorijiy delegatsiya vakillari va turistlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida “Yusufxon oʻgʻli Qosimxon” nomli jomeʼ masjidi binosi qurib bitkazildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 18-martida “Yusufxon oʻgʻli Qosimxon” jomeʼ masjidi davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, respublikamizdagi masjidlar soni 2086 taga yetdi.

Masjid Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” madaniyat

va istirohat bogʻi hududida, Yuqori Gʻirvon MFY, Gʻalaba koʻchasi, 243-uyda joylashgan.

Mazkur masjid zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qurib bitkazilgan boʻlib, unda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. Jumladan, masjid bir vaqtning oʻzida 4 500 nafar namozxonga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan boʻlib, zamonaviy avtoturargohga ega.

Shuningdek, masjidda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus surdotarjimon xizmati ham yoʻlga qoʻyilishi nazarda tutilgan.