Bugun, 27-yanvar kuni soat 16:00 dan respublikamizning barcha hududlarida elektr energiyasi taʼminoti toʻliq tiklandi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda gaz taʼminoti hozircha toʻliq tiklanmaganini inobatga olgan holda, sizdan sabr-toqatli boʻlishingizni, elektr energiyasi uzilishlarini oldini olish uchun ehtiyojdan tashqari elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni soʻraymiz.

Energetika vazirligi matbuot xizmati.