Endilikda joylardagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida mazkur Jamoatchilik kengashi har bir viloyatda tuzilib, doimiy ravishda oʻz faoliyatini olib boradi.
Jumladan, viloyatlardagi dastlabki Jamoatchilik kengashi Samarqand viloyatida tuzildi. Ushbu Kengashning raisi etib viloyat kengashi deputati Aziz Ahrorov tayinlandi.
Yangi ish boshlagan Jamoatchlik kengashi vakillari ilk marta Samarqandda fuqarolar qabulini oʻtkazdi. Mazkur jarayonda taʼlimga oid muammolar oʻrganilib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.
Kelgusida Respublikamizning barcha viloyatlarda tashkil etiladigan Jamoatchlik kengashi muntazam ravishda tizimda yuzaga kelayotgan muammolardan xabardor boʻlib, uyushqoqlik va faollik bilan ish olib boradi.