Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 128 556,8 milliard soʻmni tashkil etdi. 2020-yilning mos davri bilan taqqoslaganda oʻsish surʼati 103,0 foizga teng.
2021-yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 3 712,6 ming soʻmni (yoki 353,4 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi.
2021-yilning yanvar-mart oylarida YAIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 64 763,1 milliard soʻm, xizmat koʻrsatish sohasida 52 002,1 milliard soʻm miqdorida yalpi qoʻshilgan qiymat yaratildi. Mahsulotlarga sof soliqlar esa 11 791,6 milliard soʻmni tashkil etdi.