Respublikasi tovar-xomashyo birjasi: suyultirilgan gaz, sement va shakar narxi pasaydi

    Biznes 29 Iyun 2023 1782

    Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi 19-25-iyun kunlari savdo platformalarida qancha tovarlar sotilganini maʼlum qildi.

    Birja matbuot xizmatining malum kilishicha, 19-25-iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining barcha savdo platformalarida 2,53 milliard soʻmlik tovarlar sotilgan boʻlib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10 foizga koʻpdir.

    Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 74,1 foiz birja savdolariga, qolgan 25,9 foiz qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga toʻgʻri keldi.

    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 489,6 mlrd soʻmni tashkil qildi.

    Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 126,9 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.

    Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 016 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 7,0 mlrd soʻmni tashkil qildi.

    Birja savdolari

    Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 928,5 milliard soʻmlik tovar resurslari sotildi. Jumladan:

    Shakar

    Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. 19-25-iyun kunlari birja savdolarida 13 500 tonna shakar sotuvga qoʻyildi va undan 10 500 tonnasi, yaʼni 77,85 foiz qismi sotildi. Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 11 152,4 ming soʻmdan 10 838,4 ming soʻmgacha pasaygan.

    Sement

    Maʼlum qilinishicha, oʻtgan hafta mobaynida birja savdolariga 64,988 tonna sement qoʻyildi. Koʻrib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 668 ming soʻmdan 642,4 ming soʻmgacha pasaydi.