O'zbekiston madaniyat vazirining o'rinbosari K.Akilova, O'zbekiston Respublikasi madaniy meros departamenti mutaxassislari, eronning O'zbekistondagi elchisi Hamid Nayirobodiy va Tehron universiteti vakillari o'rtasida videokonferentsiya shaklida muloqot o'tkazildi.
Onlayn-tadbirda 2021 yilda O'zbekistondagi madaniy meros ob'ektlarini restavratsiya qilish uchun eron ustalarini jalb etish, restavratsiya va regeneratsiya yo'nalishlari bo'yicha tajriba almashish, Tehron universitetida madaniy meros bo'yicha mutaxassislar malakasini oshirish, Anglashuv memorandumi imzolash, ikki davlat madaniy merosini asrab avaylash borasida qo'shma fond tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.