Reuters: Eron uranni boyitishni to'xtatishga tayyorligini bildirdi

    Eron allaqachon uranni boyitishni to'xtatish uchun tayyorgarlik choralarini ko'rgan.

    Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) boshqaruvchilar kengashi shu hafta G'arbning Eronga qarshi rezolyutsiyasini qabul qilmasa, Tehron o'zining 60 foizgacha boyitilgan uran zaxiralarini yanada oshirishni to'xtatishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi tashkilot hisobotiga tayanib xabar berdi.

    Uning so'zlariga ko'ra, Eron allaqachon uranni boyitishni to'xtatish uchun tayyorgarlik choralarini ko'rgan.

    Avgust oyidan boshlab 60 foizgacha boyitilgan UF6 (uran geksaftorid) zaxiralari 164,7 kilogrammdan 182,3 kilogrammgacha oshdi. Reuters eslatganidek, MAGATE ta'rifiga ko'ra, 60 foizgacha boyitilgan 42 kilogramm uran “nazariy jihatdan keyingi boyitish bilan yadroviy bomba yaratish uchun yetarli”.

    Tehron, shuningdek, mamlakatga MAGATEning qo'shimcha to'rt nafar inspektorini kiritish imkoniyatini ko'rib chiqishga rozi bo'ldi, deya Reutersga tayanib xabar beradi tass.ru.